Alisher Fayz maktabdagi sirini ilk bor oshkor qildi (video)

Alisher Fayz maktabdagi sirini ilk bor oshkor qildi (video)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz “Navo news” dasturidagi suhbatda maktab davridagi qiziqarli xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Xonanda yoshligida bir voqea uning hayotiga katta ta’sir qilganini aytib berdi.

Alisher Fayzning so‘zlariga ko‘ra, maktabda qaysidir bitta fanni alohida yoqtirganini ayta olmaydi. Biroq birinchi chorakda yaxshi o‘qimaganidan so‘ng, uyidagilardan qattiq tanbeh eshitgan.

“Shundan keyin o‘zimga va’da berganman: keyingi chorakda barcha fanlarni faqat '5' bahoga yopaman, deb”, — deydi xonanda.

Uning aytishicha, oradan ko‘p o‘tmay kitoblarini yo‘qotib qo‘ygan va kutubxonadan boshqa kitob olgan. Eng qizig‘i, o‘sha kitobning ichida deyarli barcha fanlarning javoblari qalam bilan yozib qo‘yilgan ekan.

“Buni birinchi marta aytyapman. Avvaliga o‘sha yozilgan javoblardan foydalanib aytib berardim. Keyinchalik esa o‘zim ham yaxshi o‘qiy boshladim, kitobdagi yozuvlarga ehtiyoj qolmadi”, — deya kulib esladi san’atkor.

Alisher Fayzning ta’kidlashicha, aynan shu voqea unga hayotdagi muhim haqiqatni anglatgan.

“Biror narsani chin dildan niyat qilib, oldingizga maqsad qo‘ysangiz, hayot siz uchun kerakli eshiklarni o‘zi ochib beradi. Men bunga o‘sha paytdayoq ishonganman”, — dedi xonanda.

Mazkur suhbat ijtimoiy tarmoqlarda ham iliq kutib olinib, muxlislar xonandaning samimiy xotiralari va hayotiy fikrlarini yuqori baholashdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar