10 755
Yigitali Mamajonov Rayhon bilan ajrashganidan so‘ng nima uchun Rossiyaga ketib qolgan edi?...
Aktyor Yigitali Mamajonov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Suhbat davomida Yigitali xonanda Rayhon bilan ajrashishi haqidagi gap-so‘zlar nima sababdan o‘zi orqali ma’lum qilinmagani hamda ajrashganidan so‘ng Rossiyaga ketib qolgani haqida so‘zlab berdi.
Bizning tarbiyamiz shunaqa bo‘lsa kerak-da — oilaviy, shaxsiy narsalarni tashqariga chiqarmaslik va ularning qanaqadir fikri uchun o‘zimiz bilgan narsani oshkor etib, qanaqadir maslahat olish erkak kishiga to‘g‘ri kelmaydi.
Shuning uchun ajrashuv haqidagi gap mendan chiqmagani yaxshiroqmi, deb o‘yladim. Chunki bu maqtanadigan ish emas. Ajrashish juda ham yomon narsa, buni odamlar bilmagani ham yaxshiroq edi. «Biz ajrashdik!», deb barchaga ovoza qilishni o‘zimga ravo ko‘rganim yo‘q.
Oilamni yo‘qotish men uchun oson bo‘lgani yo‘q. Shuning uchun chetga chiqib, havo almashtirib, ularning mentaliteti bilan tanishib, ehtimol ulardan qandaydir javob olarman, deb o‘ylagandim, ma’lum bir javob ham oldim.
Kuzatuvchanman, ko‘p insonlarni, ko‘p oilalarni ko‘rdim va o‘zimga kerakli xulosalarni chiqarib oldim. Ajrashish to‘ydek hammaga e’lon qilinadigan narsa emas.
Yigitali Mamajonov, aktyor “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi