Rayhon G‘aniyeva san’atkor bo‘lmaganida kim bo‘lishini aytdi (video)

Xonanda Rayhon G‘aniyevaga san’atkor bo‘lmaganida qaysi kasbni tanlashi haqida savol berildi. Xonanda bu savolga javob berar ekan, bolaligidan laboratoriya ishlariga qiziqqanini aytdi.
«Laborant bo‘lardim, menimcha. Bilasizmi, barmoqdan igna tiqib, qon olishadi. Keyin uni kichik oynachaga qo‘yib, turli tekshiruvlar o‘tkazishadi. Shu jarayon menga juda qiziq tuyulardi. O‘zimdan qon olishganida esa yig‘lardim», — dedi Rayhon.
Suhbat davomida xonandadan yana qaysi qo‘shig‘ini qayta-qayta aytishdan charchagani so‘raldi. Rayhon kulib, «Orzuingga ishon» qo‘shig‘ini tilga oldi.
Siz Rayhon G‘aniyevani qaysi kasbda tasavvur qila olasiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!






























Izohlar 0
…