Navai ozodlikka chiqdi: Qozog‘iston reperni 5 yilga taqiqladi

Navai ozodlikka chiqdi: Qozog‘iston reperni 5 yilga taqiqladi

Qozog‘istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo‘lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tugatildi. Biroq uning ozodlikka chiqarilgani to‘liq oqlanganini anglatmaydi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ishni tugatishda huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilgani va reperning qilmishiga pushaymonligi inobatga olingan.

Xabarlarga qaraganda, Navai Qozog‘istondan chiqarib yuborilib, Rossiyaga qaytgan. Shuningdek, unga Qozog‘istonga besh yil davomida kirish taqiqlangani aytilmoqda.

Reperning advokati Sergey Jorin tushuntirishicha, Qozog‘istonda jinoyat ishining tugatilishi Rossiyada unga nisbatan avtomatik ravishda yangi jinoyat ishi ochilishiga sabab bo‘lmaydi. Buning uchun alohida huquqiy asoslar va tegishli dalillar talab etiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar