«Ko‘z yoshlarim tugaguncha yig‘ladim» — Lola Yo‘ldoshevaning mahzun videosi muxlislarini xavotirga soldi (video)

«Ko‘z yoshlarim tugaguncha yig‘ladim» — Lola Yo‘ldoshevaning mahzun videosi muxlislarini xavotirga soldi (video)

Xonanda Lola Yo‘ldosheva so‘nggi vaqtlarda Instagram sahifasida e’lon qilayotgan mahzun va ko‘z yoshlariga to‘la videolari bilan muxlislar e’tiborini tortmoqda. San’atkorning ruhiy holati aks etgan ushbu videolar kuzatuvchilar orasida turli savollarni keltirib chiqarmoqda.

Xonanda videolardan birida uyiga domla kelgani haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, singlisi ahvolini ko‘rib, domlani chaqirgan. U duo o‘qib, Lola bilan uzoq suhbatlashgan.

«Unga bor dardimni to‘kib soldim. Ko‘z yoshlarim tugaguncha yig‘ladim. U menga iztiroblarimning sababi bir erkakni Xudo darajasiga ko‘tarib olganimda ekanini aytdi. Bu gunoh ekan. Yaratganni topishim kerakligini, faqat Uning o‘zigina ichimdagi bo‘shliqni to‘ldira olishini tushuntirdi», — deya so‘zlab berdi xonanda suhbat mazmunini.

Lola Yo‘ldoshevaning so‘nggi videolarida ko‘z yoshlariga erk berayotgani va mahzun kayfiyatda ko‘rinishi muxlislarini xavotirga solmoqda. Kuzatuvchilar izohlarda san’atkorning holatiga qiziqish bildirib, unga nima bo‘lganini so‘rashmoqda.

Hozircha xonanda boshidan nimalar o‘tayotgani va tushkun kayfiyatiga nima sabab bo‘lganini batafsil ochiqlamagan. Shu bois uning holati haqida aniq xulosa chiqarish qiyin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar