Xonanda Lolaning muxlislariga kutilmagan murojaati: “Yangi davr. Yangi qo‘shiqlar...”

O‘zbekistonda taniqli xonanda Lola uzoq vaqt davomida ijoddan biroz chekinishiga sabab bo‘lgan holat haqida ko‘z yoshlari bilan gapirdi. Xonanda muxlislariga murojaat qilib, ichidagi kechinmalarini so‘z bilan ifodalash unga oson bo‘lmaganini bildirdi.
“Sizga aytgim kelgan gaplarim juda ko‘p edi...”
Lola o‘z videosi ostida muxlislariga samimiy murojaat qoldirdi. U kuchli hissiyotlar sabab ayrim gaplarini videoda ayta olmaganini, shu bois kechinmalarini yozma ravishda ifodalashga qaror qilganini aytdi.
“Menda hammasi yaxshi, hammasi joyida”, — deya xonanda muxlislarini xotirjam qildi. Lolaning murojaatidagi eng e’tiborli jihat esa uning kelajakdagi ijodiy rejalariga ishora qilgani bo‘ldi. Xonanda yana ijod qilishga, yashashga va sevishga tayyor ekanini ta’kidladi.
U oldinda o‘z hayotida yangi yo‘l va yangi davr boshlanishini aytib, muxlislarini yangi qo‘shiqlar hamda konsertlar kutayotganini ma’lum qildi.































Izohlar 0
…