Mashhur xonanda Lola Yo‘ldosheva bugun 41 yoshda

Mashhur xonanda Lola Yo‘ldosheva bugun 41 yoshda

Bugun, 4 sentyabr kuni o‘zbek estradasining taniqli vakillaridan biri Lola Yo‘ldosheva 41 yoshni qarshi oldi.

1985 yil 4 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan san’atkor yoshligidan musiqaga mehr qo‘yib, ijodiy faoliyatini Mayya taxallusi ostida boshlagan. 2004 yilda «Muhabbatim» qo‘shig‘i bilan keng jamoatchilikka tanilib, estrada sahnasida o‘z uslubini shakllantirdi.

Keyingi yillarda xonandaning «Senga», «Kel», «Sog‘indim» kabi qo‘shiqlari muxlislar orasida mashhur bo‘ldi. Lola Yo‘ldosheva musiqadan tashqari kino sohasida ham o‘zini sinab ko‘rgan. U «Sevinch», «Farhod va Shirin» hamda «Kelgindi kuyov» filmlarida turli obrazlarni gavdalantirgan.

Mashhur xonanda Lola Yo‘ldosheva bugun 41 yoshda

San’atkorning ijodiy yo‘lini tanlashida otasi Ravshan Yo‘ldoshevning ham hissasi katta. U «Tarona Records» leyblining asoschisi sifatida o‘zbek shou-biznesi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan.

Ayni kunda Lola Yo‘ldoshevaning tavallud kuni munosabati bilan muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda xonandaga ezgu tilaklarini yo‘llamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar