Asal Axralxo‘jayeva “Kelgindi kuyov” filmidagi Zaynab obrazini gavdalantirdi (video)

Asal Axralxo‘jayeva “Kelgindi kuyov” filmidagi Zaynab obrazini gavdalantirdi (video)

Aktrisa Asal Axralxo‘jayeva Instagram sahifasida turli obrazlarni gavdalantirishi bilan kuzatuvchilar e’tiborini tortib kelmoqda. Bu safar u ko‘pchilikka tanish bo‘lgan “Kelgindi kuyov” filmidagi Zaynab obrazini jonlantirdi.

Asal Axralxo‘jayeva Zaynabga o‘xshash makiyaj qilib, qahramonning kiyinish uslubini ham takrorladi. Shuningdek, soch turmagini ham film qahramoninikiga moslashtirdi. Aktrisa filmda Zaynab ishtirok etgan ayrim sahnalarni ham ijro etib, obrazni o‘ziga xos tarzda namoyish qildi.

Ma’lumot uchun, 2005 yilda Rustam Sag‘diyev tomonidan suratga olingan “Kelgindi kuyov” filmidagi Zaynab obrazini xonanda Lola Yo‘ldosheva ijro etgan. Mazkur rol Lola Yo‘ldoshevaning aktrisa sifatidagi faoliyatida ham muhim o‘rin tutib, uning keng ommaga yanada tanilishiga xizmat qilgan.

Asal Axralxo‘jayevaning yangi obrazi kuzatuvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Izohlarda ko‘pchilik aktrisaning tashqi ko‘rinishi va ijrosi Zaynab obraziga juda o‘xshaganini ta’kidlab, unga iliq fikrlar qoldirmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar