Xonanda Azodadan yuraklarni larzaga solgan xushxabar: "Men faqat yig‘ladim. Shukr qilib yig‘ladim" (video)

Xonanda Azoda og‘ir sinovdan o‘tganini ma’lum qildi. San’atkor ijtimoiy tarmoqlardagi videosi orqali muxlislariga murojaat qilib, saraton kasalligi bilan bog‘liq davolanishdan so‘ng o‘zida umid paydo bo‘lganini bildirdi.
"70 kun oldin hayotimdagi eng og‘ir sinovlardan biriga duch keldim"
Azoda o‘z xabarida 70 kun avval hayotida og‘ir davr boshlanganini yozdi. Uning ta’kidlashicha, operatsiya, qo‘rquv va turli xavotirlar bilan kechgan bu davrda eng katta tayanchi oilasi va yaqinlari bo‘lgan.
"Onam, oilam, turmush o‘rtog‘im yonimda bo‘ldi. Sizlarning duoyingiz, shifokorlarning yordami va o‘zimdagi ozgina bo‘lsa ham kuch bilan bu yo‘ldan o‘tdim", — deb yozdi xonanda. Xonanda davolanish yakunlari haqidagi xabarni eshitganidagi hislarini ham samimiy ifodalagan. U bu lahzani shukr va ko‘z yoshlari bilan qarshi olganini aytdi.
Azoda ushbu sinov unga hayot va sog‘liqning qadrini, shuningdek, yaqinlar duosi qanchalik muhim ekanini anglatganini ta’kidladi.
"Bugun qalbimda yana umid"
Azoda uni qo‘llab-quvvatlagan, duo qilgan va holidan xabar olgan barcha insonlarga minnatdorlik bildirdi.
U bu xabarni shunchaki xushxabar sifatida emas, balki yana umid bilan yashash va har bir kunni qadrlashni o‘rganayotgani bilan bo‘lishayotganini yozdi.
"70 kunlik sinov… Va bugun qalbimda yana umid. Alhamdulillah, har bir holimga."































Izohlar 0
…