Mirza Azizov: san’at siyosatga aralashmasin deganlar adashadi

Mirza Azizov: san’at siyosatga aralashmasin deganlar adashadi
Mirza Azizov: san’at siyosatga aralashmasin deganlar adashadi

Aktyor va rejissyor Mirza Azizov “San’at siyosatga aloqador bo‘lmasligi kerak” degan tezisga qarshi chiqdi.

“Ayrim og‘ziga kuchi yetmaganlar “San’at siyosat bilan bog‘liq bo‘lishi kerak emas”, deydi. Lekin bugungi tahlikali zamonda odilona siyosatimiz uchun san’atkorlar ham barcha soha vakillari kabi birdek xizmatda bo‘lishi shart”, - dedi u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida.

“Mana, dunyoning ayrim davlatlariga qarang, urush, notinchlik, - so‘zida davom etdi san’atkor. – Biroq bizdagi odilona siyosat tufayli xonadonimiz tinch, dasturxonlarimiz to‘kin-sochin. Mana shunday farovonlik, xotirjamlikdan kelib chiqib bizning san’atimiz ham shunday pokiza yo‘lda bo‘lmog‘i kerak”.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar