Sevinch Mo‘minovaning qo‘lini o‘pgan muxlisa ijtimoiy tarmoqlarda e’tibor markaziga chiqdi

Xonanda Sevinch Mo‘minova ishtirokidagi video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Videoda san’atkorning ashaddiy muxlisalaridan biri unga gul taqdim etib, qo‘lini o‘pgani aks etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat tadbirlardan biri davomida yuz bergan. Muxlisa xonanda oldiga gul bilan kelib, unga bo‘lgan hurmat va ehtiromini shu tarzda namoyon qilgan.

Video qisqa vaqt ichida internetda ommalashib, turli fikrlarni yuzaga keltirdi. Ayrim foydalanuvchilar buni san’atkorga bo‘lgan samimiy mehr va hurmat ifodasi sifatida baholagan bo‘lsa, boshqalar holatga hazilomuz munosabat bildirmoqda.
Xususan, izohlarda: “Mana, faqat Burak O‘zchivitning emas, o‘zimizning yulduzlarning qo‘lini o‘psa ham bo‘larkan-u”, degan hazil aralash fikrlar ham uchramoqda.





























Izohlar 0
…