O‘zbekiston benzin importini keskin oshirdi

O‘zbekiston benzin importini keskin oshirdi
Qisqacha

O‘zbekiston benzin importini 2026 yilning yanvar—aprel oylarida keskin oshirib, 568,7 ming tonna benzin olib keldi. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan ikki baravarga ko‘paygan. Import qiymati 327,1 million dollarni tashkil etib, bir tonna benzinning o‘rtacha narxi 575 dollar bo‘lgan. Shuningdek, mamlakatda benzin ishlab chiqarish ham o‘sishda davom etmoqda, bu davrda 417,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.

2026 yilning yanvar—aprel oylarida O‘zbekistonga import qilingan benzin hajmi 2025 yilning mos davriga nisbatan ikki baravarga ko‘paydi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lumot berdi.

To‘rt oy davomida mamlakatga jami 327,1 million dollar qiymatidagi 568,7 ming tonna benzin kirib kelgan. Bunda bir tonna benzinning o‘rtacha narxi 575 dollardan to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun, 2025 yilning shu davrida 163,6 million dollarlik 280,7 ming tonna benzin import qilingan.

Statistika qo‘mitasi tahliliga ko‘ra, mamlakatda benzin ishlab chiqarish hajmi ham o‘sishda davom etmoqda. Xususan, yanvar—aprel oylarida 417,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27,5 ming tonnaga (7 foiz) ko‘pdir.

Ma’lumot uchun, 2025 yil sentyabridan boshlab O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin ishlab chiqarish hamda birja savdolari orqali sotish to‘xtatilgan. “O‘zbekneftgaz” bosqichma-bosqich yuqori oktanli (Ai-92) benzin ishlab chiqarishga o‘tayotganini ma’lum qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar