Ilon Mask dunyodagi ilk trillioner bo‘lishi mumkin

Ilon Mask dunyodagi ilk trillioner bo‘lishi mumkin
Audio versiyasi

Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi aksiyalari ommaviy savdoga chiqarish arafasida 1,75 trillion dollar deb baholandi. Agar aksiyalar shu narxda sotilsa, Mask dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin. Bu haqda kompaniya AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) taqdim etgan hujjatlarda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, SpaceX aksiyalarining boshlang‘ich bahosi 135 dollar etib belgilangan. Shu narxda sotilsa, kompaniyaning umumiy qiymati 1,75 trillion dollarga yetishi mumkin, bu esa avvalgi 1,25 trillion dollarlik baholashdan yuqori.

Ma’lumotga ko‘ra, SpaceX'ning IPO jarayoni 12 iyun kuni Nasdaq birjasida boshlanishi kutilmoqda. Kompaniya 75 milliard dollar jalb qilishni rejalashtirgan bo‘lib, bu AQSH tarixidagi eng yirik IPOlardan biri bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar bunday aksiya narxining oldindan e’lon qilinishi kam uchraydigan holat ekanini aytadi. Agar 135 dollar yoki undan yuqori narx tasdiqlansa, SpaceX dunyodagi eng qimmat kompaniyalar qatoriga kirishi mumkin.

Shu holatda kompaniya aksiyalarining katta qismiga egalik qiluvchi Ilon Maskning boyligi ham keskin oshib, nazariy jihatdan uni dunyodagi birinchi trillionerga aylantirishi mumkin.

Biroq tahlilchilar bunday natija kafolatlanmaganini ta’kidlamoqda. SpaceX hozir 18,6 milliard dollar daromad olgan bo‘lsa-da, 4,9 milliard dollar zarar bilan yilni yakunlagan. 2026 yil birinchi choragida ham zarar 4,3 milliard dollar bo‘lgan.

Hozirda SpaceX aktivlari 102 milliard dollar, qarzi esa 60,5 milliard dollar deb baholanmoqda. Shu bilan birga kompaniya kosmik loyihalardan tashqari sun’iy intellekt, internet sun’iy yo‘ldoshlari va data-markazlar sohasiga ham katta sarmoya kiritmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Ilon Mask dunyodagi ilk trillioner bo‘lishi mumkin – Zamin.uz, 04.06.2026