Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasida o‘tgan uchrashuv va muzokaralar yakunlangach, ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan muhim hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu marosim ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa ochishi bilan e’tiborga molik bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, eng asosiy hujjatlar qatorida «O‘zbekiston–2030» strategiyasi bilan «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini o‘zaro uyg‘unlashtirishga qaratilgan hamkorlik dasturi imzolandi. Shuningdek, madaniyat markazlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuv hamda tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim ham davlat rahbarlari tomonidan tasdiqlandi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida qator yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan muhim kelishuvlarga erishildi. Jumladan:
– O‘zbekistonga zamonaviy zemsnaryadlar (texnik kema) yetkazib berish loyihasining ikkinchi bosqichini ishlab chiqish;
– texnik va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish;
– mahsulot va xizmatlarda muvofiqlikni baholash sohasida qo‘shma ishlar;
– O‘zbekistondan Xitoyga qovun va bodom yetkazib berishda fitosanitariya talablariga amal qilish bo‘yicha kelishuv;
– kosmik fanlar va texnologiyalardan tinchlik yo‘lida foydalanishni rivojlantirish;
– raqobat siyosatini mustahkamlash;
– inson resurslarini rivojlantirish borasida hamkorlikni kuchaytirish;
– raqamli iqtisodiyot sohasida sheriklikni kengaytirish;
– Samarqand viloyati bilan Tyanszin shahri o‘rtasida qardoshlik va sheriklik munosabatlarini o‘rnatish;
– O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Xitoy Xalqaro savdoga ko‘maklashish kengashi o‘rtasida qo‘shma hamkorlik yo‘lga qo‘yish.
Shu tariqa, Pekinda imzolangan ushbu kelishuvlar nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqadi, balki mintaqaviy hamkorlikda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar