
O‘zbekiston hukumati 2017 yil 1 yanvaridan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamining ishlatilishi uchun to‘lov narxini oshirdi. Bu haqda Daryo nashri xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidentining qaroriga binoan, 2017 yili mobil aloqa operatorlari har bir abonent uchun 2 ming so‘m to‘laydi. Bu 2016 yildagidan 500 so‘mga ko‘proqdir.
To‘lov har bir abonent raqami uchun amalga oshiriladi. Abonent raqamlari soni esa to‘lov kiritilayotgan oyning oxirgi sanasidagi ko‘rsatkichga ko‘ra belgilanadi.
Hukumat mazkur to‘lovni 2012 yilda joriy etgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar