
AQSHning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliyaviy institutlari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan muhim davra suhbati yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlar imzolash marosimi o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH Savdo vaziri Govard Latnik ishtirokida o‘tkazildi.
Imzolangan hujjatlar to‘plami O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan turli sohalarni qamrab olib, AQSH biznesi bilan hamkorlikning chuqurlashuvini ta’kidlaydi.
Xususan, quyidagi hujjatlar imzolandi:
• Geologiya vazirligi va “Denali Exploration Group” kompaniyasi o‘rtasida noyob yer elementlarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi;
• O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va “Re Element Technologies” kompaniyasi o‘rtasida noyob yer metallariga oid loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi;
• Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Flowserve” kompaniyasi o‘rtasida nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi;
• Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Valmont Industries Inc” kompaniyasi o‘rtasida zamonaviy suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kelishuv;
• Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Palo Alto Networks” kompaniyasi o‘rtasida sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuv;
• “Uzairways” va “Boeing” kompaniyalari o‘rtasida samolyot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma;
• “Datacrop” va “Luis Dreyfus Company” kompaniyalari o‘rtasida soya do‘kkaklari va shrot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma;
• “O‘zsanoateksport” va “Cargill” kompaniyasi o‘rtasida paxta yetkazib berish bo‘yicha shartnoma.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!