date

2025 yilda O‘zbekistonga erkak turistlar ko‘proq kelganmi yoki ayollar?

2025 yilda O‘zbekistonga erkak turistlar ko‘proq kelganmi yoki ayollar?

2025 yilda turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga jami 11,7 million chet el fuqarosi tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, oʻtgan yil davomida Oʻzbekistonga 200 ta davlatdan sayyohlar kelgan. Eng qizigʻi — jins boʻyicha raqamlar erkaklar foydasiga “ogʻirroq” chiqqan:

  • erkaklar: 6 404 283 nafar


  • ayollar: 5 275 345 nafar

Farq — 1 128 938 nafar. Yaʼni 2025da turistlar orasida erkaklar soni ayollardan sezilarli koʻp boʻlgan.

Yosh toifalari boʻyicha esa asosiy “oqim” oʻrta yoshlarga toʻgʻri kelgan:

  • 0–18 yosh: 1 479 729 nafar
  • 19–30 yosh: 1 924 358 nafar
  • 31–55 yosh: 5 923 793 nafar
  • 56 yosh va undan katta: 2 351 748 nafar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2025 yilda O‘zbekistonga erkak turistlar ko‘proq kelganmi yoki ayollar?