date

O‘zbekistonda “Yosh ekolog” ko‘krak nishoni joriy etiladi

O‘zbekistonda “Yosh ekolog” ko‘krak nishoni joriy etiladi

O‘zbekistonda ekologik madaniyatni rivojlantirish va yoshlarni tabiatni asrashga jalb etish maqsadida “Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2026 yildan boshlab oliy ta’lim muassasalari tomonidan “yashil kampus” loyihalari ishlab chiqilib, Ekologiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bu tashabbus atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.

Shuningdek, 2026 yil 1 maydan “10 ming qadam piyoda” loyihasi yana qayta tiklanadi hamda “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali aholining jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, 2026 yil 1 maydan boshlab “Yosh ekolog” ko‘krak nishoni uch darajada joriy etiladi.
Unga ko‘ra, maktab o‘quvchilari uchun III daraja, texnikum va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun II daraja hamda xalqaro va mahalliy miqyosda yuqori natijalarga erishgan yoshlar uchun I daraja belgilanadi.

Mazkur yangilik yoshlar orasida ekologik ongni shakllantirish, ularni faol tashabbuslarga jalb etish va tabiatni asrashga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda “Yosh ekolog” ko‘krak nishoni joriy etiladi