Kichik Muhammadaliga Prezident maktubi va sovg‘alar topshirildi

1 daqiqa o'qish196
Kichik Muhammadaliga Prezident maktubi va sovg‘alar topshirildi

Prezidentning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammadali ismli bolaning samimiy murojaati aks etgan video tarqalib, ko‘pchilik e’tiborini tortgan edi. Unda bolaning Vatanga bo‘lgan mehri va samimiy tilaklari aks etgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bolaning murojaatini ko‘rib, uning samimiy so‘zlaridan mamnun bo‘lgani va Muhammadaliga minnatdorlik maktubi yo‘llagani ma’lum qilindi. Bu haqda rasmiy xabar tarqatildi.

Maktubda Prezident bolaga kelgusida mamlakat tarixiga munosib va xalqqa foydali inson bo‘lishini tilagan.

«Katta bo‘lganingda ajdodlarimizga munosib, xalqingga, yurtingga foydasi tegadigan inson bo‘lib yetishishingni istayman,» deyiladi maktubda.

Prezidentning maktubi va sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay Orinbayev Prezidentning maktubini o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, Muhammadaliga, uning ota-onasiga hamda tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga Prezident sovg‘alari berildi.

Bolaning tarbiyachisi Gulbahar Saparova esa Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumining qarori bilan “Vatan fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?