date

Majlisda jinoyatchilikka qarshi yangi qonun qabul qilindi

Majlisda jinoyatchilikka qarshi yangi qonun qabul qilindi

Majlisda deputatlar Oliy Majlis doirasida uyushgan jinoyatchilik va jamoat joylaridagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan yangi qonun loyihasini muhokama qildi. Muhokamalarda amalda baʼzi uyushgan guruhlar bezorilik sodir etgani uchun yengil javobgarlik bilan qutulib qolayotgani, bu esa jamiyatda jazosizlik muhitini kuchaytirayotgani taʼkidlandi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, bezorilik jinoyati uchun javobgarlik sezilarli darajada og‘irlashtirilmoqda. Hujjatda bir guruh shaxslar tomonidan takroran, qurol qo‘llab yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qarshilik ko‘rsatgan holda sodir etilgan harakatlar uchun qattiqroq jazo choralari belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Taklif etilgan o‘zgartishlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi yangi 4-qism bilan to‘ldirilib, uyushgan guruh tomonidan yoki og‘ir tan jarohati yetkazgan holda sodir etilgan bezorilik uchun 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etiladi. Hozirgi amaldagi meʼyorlarda esa bunday holatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan.

Shuningdek, mansab vakolatidan foydalanib jinoiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlagan shaxslar uchun ham qatʼiy javobgarlik belgilanmoqda. Bunday shaxslarga nisbatan shartli ozodlikdan avval chiqarish imkoniyati cheklanishi mumkin. Biroq agar shaxs jinoiy guruh faoliyati haqida oldindan xabar berib, og‘ir oqibatlarning oldini olishga yordam bersa, u javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Qonun loyihasida yana bir muhim jihat — jangovar sport turlari bo‘yicha musobaqalarni noqonuniy tashkil etish yoki o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik joriy etish taklif etilmoqda. Tahlillarga ko‘ra, 2025 yil davomida MMA va shunga o‘xshash uchta noqonuniy musobaqa o‘tkazilgani qayd etilgan.

Muhokamalar yakunlariga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi birinchi o‘qishda maʼqullandi va keyingi bosqichlarda yana-da kengroq ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Majlisda jinoyatchilikka qarshi yangi qonun qabul qilindi