
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlari davom etmoqda.
Biroz oldin Vladivostokda boks bo‘yicha bahslar o‘z nihoyasiga yetdi.
Bugun boks bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida final bahslari tashkil etildi. Avvalroq, 7 nafar bokschimiz finalga qadar yetib kelgani haqida xabar qilgandik. Quvonarlisi, ularning 6 nafari g‘alaba qozonib, delegatsiyamiz hisobiga oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-46 kg: Sobirjon Tastanov
-48 kg: Ilhomjon Ergashev
-54 kg: Mironshox Norkosimov
-60 kg: Farrux To‘laganov
-66 kg: Muxammadazizbek Ismoilov
-70 kg: Abbos Abduraximov
Kumush:
-63 kg: Abdullox Toxirov
Bronza:
-50 kg: Samandar Olimov
-52 kg: Nodirbek Allabergenov
-57 kg: Ozodbek Tojiboyev
-75 kg: Temurbek Abduvaxobov
-80 kg: Rahmonjon Kodirov
+80 kg: Xalimjon Mamasoliyev.
Ushbu natija orqali bokschilarimiz “Osiyo bolalari”da umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar