
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tdi.
-57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov Munarbek Seitbek Uulu (Qirg‘iz Respublikasi) bilan ringga ko‘tarildi. Jang birinchi raundda yakunlandi. Abdumalik Xalokov raqibiga zarba bilan jarohat yetkazib, muddatidan oldin g‘alabaga erishdi.
Jangdan so‘ng Abdumalik o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Rostini aytsam, bu raqibim bilan oldin to‘qnash kelganmiz. O‘shanda Qirg‘izistonda, o‘z vatanida yutganman. Shukurki, bu safar ham chiroyli g‘alaba qozondim.
Agar biz to‘g‘ri yursak, yaxshi niyat bilan harakat qilsak hammasi zo‘r bo‘ladi. Murabbiyimga katta rahmat. Shu darajaga yetishimga u kishi asosiy sababchidir. Muxlislarga ham alohida tashakkur.
Bu raqibimni janglarini kuzatgandik. Murabbiyim shunday taktika qo‘ydi: Birinchi raundda bittalik zarbalardan boshlaysan, kerakli joyda ikkitalik urasan. Ertaga ham chiroyli g‘alaba qozonamiz", - dedi Xalokov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar