00:30 / 19.12.2023
86

Belbog‘li kurashchilarimiz Jahon kubogi bahslarida 21 ta medalni qo‘lga kiritdi

Belbog‘li kurashchilarimiz Jahon kubogi bahslarida 21 ta medalni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha jahon kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur jahon kubogida 23 ta davlatdan 300 nafarga yaqin polvonlar belbog‘li kurashning erkin va klassik yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun bellashishdi.

Quvonarlisi, sport delegatsiyasi rahbari, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Shavkat Mirzaqulov boshchiligidagi terma jamoamiz ushbu jahon chempionatida ishtirok etib, 2 ta oltin, 2 ta kumush va 17 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli uchinchi o‘rinni band etishdi.

Shuni alohida ta’kidlash lozim, musobaqa davomida O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi konsulligining birinchi kotibi Samandar Yuldoshev hamda "Ural-O‘zbekiston" do‘stlik jamiyati raisi Abid Turatovlar sportchilarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab turishdi.

Demak, quyida jahon kubogi bahslarining erkin va klassik yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindor sportchilar bilan tanishamiz.

Oltin medal:
Farangiz Abdunabiyeva (52 kg.), Oybek Sultonov (68 kg.).

Kumush medal:
Murodjon Xamidov (68 kg.), Lazzat Tulepberganova (70 kg.).

Bronza medal:
Obidjon Ibragimov (57 kg.), Azizbek Kenjayev (57 kg.), Bekpo‘lat Bakirov (62 kg.), Abdutolib Mahkamov (68 kg.), Hislat Karimov (68 kg.), Oybek Mullaboyev (100 kg.), Feruzbek Mirzakarimov (100 kg.), Sobirjon Ussuboyev (100 kg.), Elmurod Ahmadjonov (68 kg.), Bekzod Kamoliddinov (90 kg.), Oybek Toshpo‘latov (90 kg.), Manzura Mo‘ydinova (52 kg.), Moldir Alimboyeva (58 kg.) Nilufar Abenova (66 kg.), A’zamjon Anvarjonov (+100 kg.), O‘rinboy Abdusamatov (+100 kg.).

G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Belbog‘li kurashchilarimiz Jahon kubogi bahslarida 21 ta medalni qo‘lga kiritdi