Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining asosiy tashkilotchisi – Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi to‘rtyillikning eng nufuzli musobaqasining futbol bahslariga oid qiziqarli ma’lumot chiqardi.
Xalqaro tashkilot o‘zining olympics.com rasmiy sayti orqali Parij Olimpiadasiga Italiya A Seriyasidan jalb qilingan futbolchilar bo‘yicha ma’lumot chiqardi.
Unga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan jami 16 ta mamlakat vakillari orasida Italiya chempionatining yuqori divizionida o‘ynayotgan o‘n nafar futbolchini tarkibga qo‘shib olgan terma jamoalar bor.
O‘tgan mavsum A Seriyada muvaffaqiyatli qatnashib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgan “Bolonya” va qisqa tanaffusdan keyin yuqori ligaga ko‘tarilgan “Venetsiya” Parijga ikkitadan futbolchini yubordi. Qolgan o‘yinchilar “Atalanta”, “Fiorentina”, “Latsio”, “Napoli”, “Parma” hamda “Roma” vakillaridir.
Xo‘sh ular qaysi mamlakatlar terma jamoalari sharafini himoya qiladi?
Genri Kamara (“Atalanta”) Olimpiya o‘yinlarida Gvineya terma jamoasi uchun o‘ynaydi.
AQSH terma jamoasi birdaniga “Venetsiya”ning ikki futbolchisi - Janluka Buzio hamda Tanner Tessmanni o‘z safiga qo‘shib olgan.
Yulduzlarga to‘la Argentina terma jamoasidan “Fiorentina” o‘yinchisi Lukas Beltranga ham joy topildi.
Marokash “Bolonya”dan Ussoma Al-Azzuziyni yordamga chaqirgan.
Ispaniya terma jamoasi A Seriyaga yangi chiqqan “Parma” hujumchisi Adrian Bernabega imkoniyat beradigan bo‘ldi.
“Bolonya”dan kelgan Xuan Miranda ham Ispaniya tarkibidan o‘rin oldi.
“Napoli” Koli Sakoning Mali terma jamoasiga yordam berishi uchun qo‘yib yubordi.
Paragvay “Latsio”dan Diyego Gonsalesni chaqirdi.
Nihoyat, “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasiga jalb qilingan yoshlarga boshchilik qilish uchun Parijga taklif qilingan.
Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan Anri Kamara (“Atalanta”), Diyego Gonsales (“Latsio”) va Koli Sako (“Napoli”) o‘z klublarining yangi o‘yinchilari hisoblanadi va jamoalari safida A Seriyada debyut uchrashuvlarini o‘tkazgani yo‘q.
Bu ro‘yxatdan o‘rin olganlar orasida eng yoshi Anri Kamara hisoblanadi. “Atalanta” topilmasi 2006 yilning 6 mayida tug‘ilgan va 18 yosh bo‘lishiga qaramay, katta musobaqalarda to‘p tepishiga to‘g‘ri kelmoqda.
A Seriyaning Olimpiya o‘yinlaridagi vakillari orasida eng yoshi kattasi va tajribalisi O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov hisoblanadi. Eldor 1995 yilning 29 iyunida tug‘ilgan va bir necha kun avval 29 yoshini nishonlaji.
Bundan tashqari, Shomurodov o‘z mamlakati terma jamoasi uchun Italiyadan kelgan futbolchilar orasida xalqaro maydonda eng ko‘p o‘yin o‘tkazib, eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Xususan, “Roma” vakili O‘Zbekiston milliy terma jamoasida 73 ta uchrashuvda 40 to‘p kiritgan va mutlaq rekord hisoblanadi.
A Seriya vakillaridan Miranda (Ispaniya), Al-Azzuziy (Marokash), Busio va Tessmann (AQSH) ham o‘z mamlakatlari bosh jamoalarida kamida bittadan bo‘lsa ham maydonga tushgan.
Xuana Miranda Ispaniya terma jamoasi safida ketma-ket ikkinchi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmoqda. Tokio Olimpiadasida ispanlar finalgacha chiqib, hal qiluvchi bahsda braziliyaliklarga imkoniyatni boy bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?