100
Parij—2024 Paralimpiya o‘yinlarida medallar jamg‘arish bo‘yicha O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda.
5 sentyabr kungi bahslardan so‘ng jadvalning yuqori qismi quyidagicha ko‘rinish olgan. Xitoy 73 ta oltin, 55 ta kumush hamda 37 ta bronza medal bilan yetakchilik qilmoqda. Buyuk Britaniya esa 36 ta oltin, 28 ta kumush va 19 ta bronza medal bilan 2-o‘rinni band etgan. AQSH esa (27-33-17) kuchli uchlikni yakunlab bergan.
O‘zbekiston delegatsiyasi 8 oltin, 5 ta kumush hamda 4 ta bronza medal bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida o‘tgan kunlarda para yengil atletikachi Asila Mirzayorova, para yengil atletikachi Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev, para yengil atletikachi Yorqinbek Odilov, para taekvondochi Asadbek Toshtemirov, para yengil atletikachi Elbek Sultonov oltin medalni, para taekvondochi Ziyodaxon Isoqova, Guljanoy Naimova hamda para yengil atletikachi Kubaro Hakimovalar kumush, para suzuvchi Muslima Odilova hamda para yengil atletikachilar Tolibboy Yo‘ldoshev, Mohigul Hamdamova bronza medalini qo‘lga kiritdi.
2 sentyabr kungi bahslarda Bobur Omonov musobaqa rekordini o‘rnatib oltin medalni, erkaklar o‘rtasida T12 uzunlikka sakrash bahslarida qatnashgan Doniyor Soliyev kumush medalni, F54 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha bahslarda qatnashgan Nurxon Qurbonova bronza medalini qo‘lga kiritgandi.
4 sentyabr kungi musobaqalarda para o‘q otuvchi Server Ibragimov kumush medal sohibiga aylangandi.
5 sentyabr kuni esa delegatsiya 2 ta oltin medalni jamg‘ardi. Dastlab Para dzyudochi Sherzod Namozov gruziyalik raqibini yengib, oltin olgan bo‘lsa, keyinchalik Para yengil atletikachi Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiya chempioniga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi