O‘zbekistonda 20-oltin medal! Jasurbek Jaysunov finalda zafar quchdi

O‘zbekistonda 20-oltin medal! Jasurbek Jaysunov finalda zafar quchdi

O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medal qo‘shildi. Bugun, 2 oktyabr kuni taekvondo WT bo‘yicha milliy jamoa a’zosi Jasurbek Jaysunov chempionlikni qo‘lga kiritib, mamlakatimizga 20-oltin medalni taqdim etdi.

Musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jaysunov barcha bosqichlarni muvaffaqiyatli bosib o‘tib, finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda Xitoy Taipeyi vakiliga qarshi dayanga chiqqan hamyurtimiz ishonchli harakatlari bilan raqibini mag‘lub etdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

Taekvondochilarimizdan yana bir medal

Eslatib o‘tamiz, ushbu kun doirasida ayollar o‘rtasidagi bahslarda ham terma jamoamiz sovrindorlar qatoridan joy oldi:

  • -67 kg vazn toifasida dayanga chiqqan hamyurtimiz Ozoda Sobirjonova muvaffaqiyatli ishtirok etib, delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ygan edi.

Jasurbek Jaysunovning mazkur g‘alabasi O‘zbekiston delegatsiyasining umumjamoa hisobidagi muvaffaqiyatini yanada mustahkamladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar