
football.kulichki.net internet portali Rossiya Premer-ligasi 18-turi yakunlariga ko‘ra turning ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Ushbu terma jamoa tarkibidan hamyurtimiz Odil Ahmedov ham joy oldi. Terma jamoamiz etakchisi o‘tgan kuni “Spartak” klubiga qarshi kechgan uchrashuvda “qizil-oqlar” darvozasini ishg‘ol qilgan edi.
18-TURNING RAMZIY TERMA JAMOASI:
Vladimir Gabulov (“Dinamo”) – Mario Fernandes (SSKA), Vedran Chorluka (“Lokomotiv”), Esekel Garay (“Zenit”), Domeniko Krishito (“Zenit”) – Aleksandr Ryazansev (“Zenit”), ODIL AHMEDOV (“Krasnodar”), Maurisio Pereyra (“Krasnodar”) – Ari (“Krasnodar”), Salomon Rondon (“Zenit”), Ahmad Musa (SSKA).
Yarim himoyachi: Odil Ahmedov (“Krasnodar”). “Ahmedov “Krasnodar” klubi markazini sement kabi qotirib qo‘ygan. Jamoadagi boshqa yulduzlardan farqli ravishda u ham hujumda, ham himoyada birdek o‘ynay oladi. O‘zbekistonlik legionerning eng kuchli jihati shundaki, u tayanch yarim himoya chizig‘ida Rossiya Premer-ligasidagi eng kuchli futbolchilardan biridir. Eng muhimi, Odil juda ham sodda yigit”, – deyiladi Ahmedovga berilgan ta’rifda.
Manba. www.kun.uz
O‘zbekistonOdil AhmedovRossiya Premer-ligasiTerma jamoaSpartak klubiFutbolchilar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar