Dilnoza Habibullayevaning o‘g‘li 1 yoshni qarshi oldi

Aktrisa Dilnoza Habibullayevaning o‘g‘li Halid bir yoshni qarshi oldi. U farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida video va samimiy tilaklarini ulashdi. Aktrisa ona bo‘lganiga roppa-rosa bir yil to‘lganini, o‘g‘lining ilk kulgisi, qadamlari va quchog‘i hayotidagi eng unutilmas lahzalarga aylanganini ta’kidladi. Kuzatuvchilari Halidni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga sog‘lik, baxt va yorqin kelajak tiladi.
Aktrisa Dilnoza Habibullayeva bugun quvonchli xabar bilan bo‘lishdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘g‘li Halidning tug‘ilgan kuni munosabati bilan video joyladi.
Videodan aktrisaning farzandi Halid bir yoshni qarshi olganini ko‘rish mumkin. Dilnoza o‘g‘lining ilk tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga bag‘ishlab samimiy so‘zlar yozdi.
“Bugun men uchun alohida kun — ona bo‘lganimga roppa-rosa bir yil to‘ldi. Bir yil oldin hayotim 'oldin' va 'keyin’ga bo‘lindi. 'Oldin' — faqat o‘zim uchun yashagan davrim bo‘lsa, 'keyin' hayotim yangi ma’no topgan vaqt bo‘ldi. Bu ma’noning nomi — senga bo‘lgan muhabbat, mening mo‘jizam!” — deya yozdi aktrisa.
U farzandining ilk kulgisi, qadamlari va quchog‘i hayotidagi eng unutilmas lahzalarga aylanganini ta’kidladi. Dilnoza Habibullayeva o‘g‘lining birinchi yoshini “dunyodagi eng go‘zal tuyg‘u va haqiqiy baxtni his qilgan 365 kun” sifatida ta’rifladi.
Aktrisaning kuzatuvchilari ham Halidni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga sog‘lik, baxt va yorqin kelajak tilab, samimiy tilaklarini yo‘llashdi.































Izohlar 0
…