
Foto: MOQ
Bahraynda yakuniga etib borayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi oʻz ishtirokini tugatdi. Yigitlarimizning chiqishiga Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinov ajoyib nuqta qoʻyib berdi.

-109 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz dast koʻtarish mashqida 182 kg bilan beshinchi oʻrinni band etgan boʻlsa ham, siltab koʻtarish dasturida yuksak mahorat koʻrsatib, 242 kg bilan 3 yil avval Toshkentda oʻzi oʻrnatgan jahon rekordini yangilashga erishdi.

Shu tariqa, uning umumiy hisobda qayd etgan 424 kg natijasini hech bir atlet yangilay olmadi va Nurudinov uchinchi bor ikki kurash boʻyicha jahon chempionligiga erishdi.

Dast koʻtarish yoʻnalishida oltin medalga ega chiqqan Sharofiddin Amriddinov siltab koʻtarishda 212 kg bilan oltinchi, umumiy hisobda esa 396 kg bilan beshinchi boʻldi. Shundan boʻlsa ham, barcha yoʻnalishlardagi oltin medallar Oʻzbekiston terma jamoasi vakillariga nasib etdi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu dunyo birinchiligida qoʻlga kiritgan medallari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronzaga etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar