date
views 265

Superliga. OKMK mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini "Bunyodkor"dan qabul qilib oldi

Superliga. OKMK mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini "Bunyodkor"dan qabul qilib oldi
Superliganing 7-turidan o‘rin olgan uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Turning markaziy bellashuvlaridan biri hisoblangan bahsda "Bunyodkor" OKMK bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona golni esa 25-daqiqada burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni Temurxo‘ja Abduxoliqov boshi bilan zarba yo‘llab, o‘z hisobiga golni yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, "qaldirg‘ochlar" ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 15 taga yetkazib olib, 2-o‘rindagi "konchilar" bilan oradagi farqni 1 tagacha qisqartirdi. Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Nasaf"da esa 17 ochko mavjud.

"Bunyodkor" — OKMK - 1:0
Gol
: Temurxo‘ja Abduxoliqov 25, - 1:0 (Muzaffar Olimjonov).

"Bunyodkor": 13.Hamidullo Abdunabiyev, 2.Nikoloz Mali (5.Aleksandr Zevadinov, 83), 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yo‘ldoshev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Imeda Ashortia (8.Martin Shroler, 69), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 15.Marko Bugarin, 23.Asadbek Rahimjonov (57.Amir To‘raqulov, 69), 74.Luis Kachorri (22.Azizbek Amonov, 75), 77.Muzaffar Olimjonov (18.Narimjonjon Ahmadjonov, 75).
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 10.Rasul Yo‘ldoshev, 30.Sardor Abdunabiyev, 66.Azizbek To‘lqunbekov.

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Giorgi Papava (11.Ruben Sanches, 46), 6.Avazbek O‘lmasaliyev (28.Arixiro Sentoku, 46), 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 9.Kleydi Datsi (27.Ali Abdurahmonov, 46), 10.Xurshid G‘iyosov (99.Asadbek Sobirjonov, 77), 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 21.Saidafzalxon Ahrorov, 77.Nodirbek Abdurazzoqov (8.Aziz Xolmurodov, 77).
Zaxira: 25.Dilshod Yoqubov, 4.Mirjamol Qosimov, 13.Eldorbek Begimov, 19.Ahmadullo Muqumjonov.
Ogohlantirishlar: Marko Bugarin 12, Kleydi Datsi 44, Najmiddin Normurodov 45+1, Muzaffar Olimjonov 66.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. OKMK mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini "Bunyodkor"dan qabul qilib oldi