date

"Bayer" Erik ten Xag bilan hamkorlikni kutilmaganda tugatdi

"Bayer" Erik ten Xag bilan hamkorlikni kutilmaganda tugatdi

Germaniya Bundesligasining 2-turida "Verder"ga qarshi 3:3 hisobidagi keskin durangdan so‘ng, "Bayer" klubi bosh murabbiy Erik ten Xag bilan yo‘llarni ajratdi. Bu qaror futbol jamoatchiligida kutilmagan voqea sifatida baholanmoqda.

55 yoshli niderlandiyalik mutaxassis Leverkuzen klubiga yozda, "Real Madrid"ga bosh murabbiy sifatida yo‘l olgan Xabi Alonso o‘rnini bosish maqsadida keltirilgan edi. Klub rahbariyati undan yuqori natijalar va top jamoalar bilan teng kurasha oladigan jamoa qurishni kutayotgandi.

Ammo ten Xagning yo‘li qisqa davom etdi. U boshqaruv ostida "Bayer" Bundesligada bor-yo‘g‘i ikki o‘yin o‘tkazdi: birinchi turda "Xoffenxaym"ga 1:2 hisobida mag‘lubiyat, keyin esa "Verder"ga qarshi gollarga boy 3:3 hisobidagi durang qayd etildi.

Klub rahbariyati bu natijalarni yetarli deb topmadi va murabbiy bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildi. Leverkuzenliklar endi yangi mutaxassis qidirishi aniq, chunki ularning maqsadi Bundesligadagi yetakchi klublar bilan raqobat qilish va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishdan iborat.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bayer" Erik ten Xag bilan hamkorlikni kutilmaganda tugatdi