Fred Erik ten Xag haqida: "U taktik jihatdan zoʻr, lekin jamoa bilan..."

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Fredning aytishicha, Erik ten Xag taktik jihatdan kuchli bo'lsa-da, jamoa ichidagi muhitni boshqarishda muammolarga duch kelgan.
- Murabbiyning futbolchilar bilan, ayniqsa, Krishtianu Ronaldu kabi asosiy o'yinchilar bilan kelishmovchiligi jamoa uyg'unligiga putur yetkazgan.
- Fred, shuningdek, Ten Xagning o'ziga tanish niderlandiyalik futbolchilarga yon bosganini va bu boshqa o'yinchilar orasida noroziliklarni keltirib chiqarganini ta'kidlagan.
Manchester Yunaytedning sobiq yarim himoyachisi Fred oʻzining sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag haqida keskin fikrlar bildirib, niderlandiyalik mutaxassisning jamoadagi muhitni boshqarish borasidagi qobiliyatini qattiq tanqid qildi. ESPN maʼlumotiga koʻra, braziliyalik futbolchi Charla Podcast'ga bergan intervyusida murabbiyning taktik bilimlari yuqori ekanini tan olgan, biroq uning futbolchilar bilan munosabatlari va kiyim almashtirish xonasidagi muhit jiddiy muammolarga sabab boʻlganini ochib bergan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Old Traffordda besh mavsum toʻp surib, 2023—2024-yilgi mavsum oldidan Turkiyaning Fenerbaxche klubiga yoʻl olgan Fred Ten Xag davrida Liga kubogini qoʻlga kiritib, Angliya kubogi finaliga qadar yetib borgan edi. Biroq uning taʼkidlashicha, murabbiyning kelishmovchiliklari jamoadagi uygʻunlikka putur yetkazgan va u oʻzining insoniy munosabatlari bilan jamoa ichida koʻplab ziddiyatlarni keltirib chiqargan.
Yulduzlar bilan ziddiyatlar va niderlandiyaliklar klani
Fredning soʻzlariga koʻra, Erik ten Xag jamoaning eng asosiy futbolchilari bilan chiqisholmagan va doimiy ravishda mojarolarga borib turgan. Oʻz vaqtida Ayaks bilan Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borgan tajribali murabbiy ingliz klubida oʻzining Avstriyadagi muvaffaqiyatini toʻla takrorlay olmadi. Uning boshqaruvi davomida koʻplab yetakchi futbolchilar bilan tushunmovchiliklar kelib chiqqan.Mutaxassisning jamoa ichidagi siyosati ham eʼtibordan chetda qolmadi. Fredning taʼkidlashicha, Erik ten Xag koʻproq oʻziga tanish boʻlgan niderlandiyalik futbolchilarga yon bosgan va ular asosiy tarkibda koʻproq imkoniyatga ega boʻlishgan. Bu holat esa jamoadagi boshqa oʻyinchilar orasida noroziliklarni keltirib chiqargan.
Krishtianu Ronaldu bilan mojaro va boshqa murabbiylar bilan taqqoslash
Shuningdek, intervyuda Krishtianu Ronaldu masalasiga ham alohida toʻxtalib oʻtildi. Fredning soʻzlariga koʻra, yosh jihatidan katta boʻlib qolgan Krishtianu Ronaldu bilan murabbiy oʻrtasida jiddiy kelishmovchilik yuzaga kelgan va oqibatda portugaliyalik yulduz asosiy tarkibdan chetlatilgan. Shuningdek, Kazemiro, Markus Rashford va futbolchining oʻzi ham murabbiy bilan turli ziddiyatlarni boshdan kechirgan.Braziliyalik yarim himoyachining fikricha, Erik ten Xagning boshqaruv uslubi uning avvalgi ustozlari — Ole-Gunnar Sulsher va Joze Mourinyoning uslubidan keskin farq qilgan. Fred Sulsherning jamoani birlashtira olganini, Joze Mourinyo esa oʻzining samimiyligi va hazilashishni yoqtirishi bilan boshqalardan ajralib turishini alohida eʼtirof etgan.






























Izohlar 0
…