date

Matvey Safonovning PSJdagi maoshi oshkor bo'ldi

Matvey Safonovning PSJdagi maoshi oshkor bo'ldi

Rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning fransuzning «PSJ» klubida qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi. Le Parisien jurnalistlari klub ichidagi moliyaviy ko'rsatkichlarni e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Xabarga ko'ra, Safonovning oylik maoshi soliqlar ushlanmasidan oldin 250 ming yevroni tashkil etadi. Qayd etilishicha, u jamoada eng kam maosh oladigan futbolchi hisoblanadi.

PSJda eng yuqori maosh qanot hujumchisi Usmon Dembelenga tegishli: parijliklar unga oyiga 1,56 million yevro to'laydi. Keyingi o'rinlarda Markinyos (1,13 mln) va Ashraf Hakimi (1,1 mln) qayd etilgan.

Shuningdek, gruziyalik vinger Xvicha Kvaratsxeliya oyiga 900 ming yevro oladi va bu ro'yxatda oltinchi pog'onani egallagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Matvey Safonovning PSJdagi maoshi oshkor bo'ldi