Edin Djeko Shalke safida dubl qayd etdi

Bosniyalik hujumchi Edin Djeko futbol yoshi anchaga borib qolganiga qaramay, gol urish mahoratini yoqotmaganini ko'rsatmoqda. Yangi jamoasi «Shalke»dagi ilk o'yindayoq hisobni ochgan forvard bu safar Drezdenning «Dinamo»si darvozasiga ikki bor yo'l topdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Djekoning dubli «Shalke»ga g'alaba olib kelmadi: mehmonlar uchrashuvning so'nggi 12 daqiqasida vaziyatni o'zgartirib, hisobni tenglashtirishdi. Natijada «Shalke» Germaniyaning ikkinchi kuchli ligasida turnir jadvalidagi peshqadamlikni «Darmshtadt»ga boy berdi. Keyingi turda «Shalke» «Holshtayn»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing