Edin Djeko Shalke safida ikki gol urib yorqin ko'rindi

Bosniyalik hujumchi Edin Djeko futbol yoshiga qaramay, gol urishni unutmaganini yana bir bor isbotladi. Yangi jamoasi «Shalke»dagi debyut uchrashuvida hisobni ochgan forvard bu safar Drezdenning «Dinamo» darvozasini ikki bor ishg'ol qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq Djeko urgan dubl jamoasiga uch ochko olib kelmadi: mehmonlar uchrashuvning so'nggi 12 daqiqasida vaziyatni o'zgartirib, hisobni tenglashtirishga erishdi. Natijada «Shalke» Germaniyaning ikkinchi kuchli ligasida peshqadamlikni «Darmshtadt»ga boy berdi. Keyingi turda «Shalke» «Holshteyn»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing