PSJ muxlislari mojarosi klubga jazo olib kelishi mumkin

8 fevral kuni Parijdagi “Park de Prens” stadionida Fransiya chempionatining 21-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “PSJ” — “Marsel” uchrashuvida (5:0) mezbonlar muxlislari salbiy tomondan ko‘zga tashlandi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Parijlik ishqibozlar raqibni haqoratlovchi shiorlar aytib, shunga o‘xshash mazmundagi bannerlarni ham namoyish etgan. Ayrim iboralar kamsituvchi, hatto irqchilik alomatlari sifatida baholanishi mumkin, biroq manbaga fikr bildirgan yurist buni isbotlash oson emasligini ta’kidlagan.
O‘yinning tugashiga 20 daqiqa qolganida uchrashuv vaqtincha to‘xtatildi: tribunada ko‘plab fayyerlar yoqib yuborilgan. Klub rahbariyati esa o‘yinoldidan muxlislardan bunday harakatlardan tiyilishni so‘rab, vaziyatning oldini olishga uringan.
Avvalroq “PSJ” muxlislari “Parij” klubini haqoratlaganidan keyin jamoa tribunaning bir qismini yopish jazosi bilan jarimaga tortilgandi. Endi mojaro yana takrorlangani sabab 18 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan mahalliy Intizom qo‘mitasi yig‘ilishida shunga o‘xshash jazo qo‘llanishi ehtimoli yuqori.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!