PSJ muxlislari xatti-harakati sabab jazoga tortilishi mumkin

8 fevral kuni Parijning “Park de Prens” stadionida Fransiya chempionatining 21-turida “PSJ” “Marsel”ni 5:0 hisobida yenggan bahsda mezbonlar muxlislari salbiy tomondan ko‘zga tashlandi. Bu haqda Le Parisien xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv davomida “PSJ” ishqibozlari raqibga nisbatan haqoratomuz shiorlar aytib, shunga o‘xshash mazmundagi bannerlarni ham namoyish etdi. Ayrim iboralar irqchilik sifatida talqin qilinishi mumkinligi aytilmoqda, biroq manba suhbatlashgan yurist buni amalda isbotlash qiyin bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
O‘yinga yakuniga 20 daqiqa qolganida tribunada ko‘plab fayerlar yoqilgani sababli uchrashuv vaqtincha to‘xtatildi. “PSJ” rahbariyati esa o‘yin oldidan muxlislardan bunday harakatlardan tiyilishni so‘rab, vaziyatni oldindan nazorat qilishga uringan.
Avvalroq klub muxlislari “Parij” klubini haqorat qilganidan so‘ng “PSJ” tribunaning bir qismini qisman yopish jazosi bilan jazolangandi. Endi voqea yana takrorlangani fonida 18 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan mahalliy Intizom qo‘mitasi ham xuddi shunday sanksiya qo‘llashi ehtimoli yuqori ekani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!