PSJ muxlislari mojarosi klubni intizomiy jazoga olib kelishi mumkin

8 fevral kuni Fransiya chempionatining 21-turida Parijdagi «Park de Prens» stadionida «PSJ» «Marsel»ni 5:0 hisobida yenggan uchrashuvda maydondan tashqaridagi holatlar ham diqqat markaziga tushdi. Le Parisien xabariga ko'ra, parijliklar muxlislari o'zini yomon tomondan ko'rsatgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tribunalarda raqibga qaratilgan haqoratli shiorlar yangradi, xuddi shunday mazmundagi bannerlar ham namoyish etildi. Ayrim iboralar irqchilik alomatlari sifatida baholanishi mumkin, biroq manba suhbatlashgan huquqshunos buni isbotlash oson emasligini ta'kidlagan.
Uchrashuv yakuniga 20 daqiqa qolganida ko'plab fayyerlar yoqilgani sababli o'yin vaqtincha to'xtatildi. «PSJ» rahbariyati esa bahs oldidan muxlislardan bunday harakatlardan tiyilishni so'rab, vaziyatning oldini olishga uringan.
Avvalroq klub muxlislari «Pari» jamoasini haqoratlagan holatda «PSJ» tribunalaridan birini qisman yopish jazosi bilan jazolangan edi. Endi voqea yana takrorlangani fonida 18 fevral kuni Intizomiy qo'mita shunga o'xshash choralarni ko'rishi ehtimoli yuqori ekani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!