PSJ muxlislari xatti-harakati uchun jazo olishi mumkin

Fransiya chempionatining 21-turida «PSJ» «Marsel»ni 5:0 hisobida yenggan (8 fevral, «Park de Prens») bahsdan keyin parijliklar muxlislari sabab klub intizomiy muammoga duch kelishi mumkin. Bu haqda Le Parisien xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv davomida tribunadan raqibga qaratilgan haqoratli shiorlar yangragani, shuningdek mazmuni shunga yaqin bannerlar namoyish etilgani aytilmoqda. Ayrim iboralar irqchilik sifatida ham talqin qilinishi mumkin, biroq manba suhbatlashgan huquqshunos buni isbotlash oson emasligini qayd etgan.
O'yin yakuniga 20 daqiqa qolganda ko'plab fayerlar yoqilgani sababli uchrashuv vaqtincha to'xtatib turilgan. «PSJ» rahbariyati esa o'yindan oldinroq muxlislardan bunday harakatlardan tiyilishni so'rab, vaziyatni oldindan jilovlashga uringani ta'kidlandi.
Avvalroq klub muxlislari «Parij» FKni haqoratlaganidan so'ng «PSJ» tribunaning bir qismini yopish jazosi bilan jazolangandi. Endi shunga o'xshash holat yana takrorlangani fonida 18 fevral kuni mahalliy Intizomiy qo'mita xuddi shunday chorani qo'llashi ehtimoli yuqori ekani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!