date

Chempionlar ligasi finali uchun yangi to'p namoyish etildi

Chempionlar ligasi finali uchun yangi to'p namoyish etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endilikda navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda o'zaro to'qnashib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani taqsimlab oladi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa allaqachon 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri chiqib bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar ligasi final uchrashuvi uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni taqdim qildi. To'p qoramtir ranglarda ishlangan bo'lib, unda oq yulduzlar aks etgan. Uni Adidas kompaniyasi ishlab chiqargan.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs 30 may, shanba kuni tashkil etiladi.

Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni yirik hisobda mag'lub etib, 5:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi finali uchun yangi to'p namoyish etildi