Angliya terma jamoasi Kosta-Rika bilan o‘rtoqlik o‘yinini kelishib oldi

Angliya terma jamoasi mundial boshlanishi oldidan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘yicha kelishuvga erishdi. The Mirror xabariga ko‘ra, inglizlarning raqibi Kosta-Rika bo‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Avvalroq angliyaliklar 6 iyun kuni Yangi Zelandiya bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi ma’lum qilingandi. Har ikki bahs AQSHda, Florida shtatidagi mashg‘ulot bazasi yaqinida tashkil etiladi, aniq manzil esa keyinroq e’lon qilinadi.
Angliya va Kosta-Rika shu paytgacha ikki marta to‘qnash kelgan. 2018 yilda o‘rtoqlik o‘yinida inglizlar Markus Reshford va Denni Uelbek gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozongan, 2014 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida esa 0:0 qayd etilgandi.
17 iyun kuni Tomas Tuhel jamoasi jahon chempionatini Xorvatiyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Ushbu guruhdan Gana va Panama ham o‘rin olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!