date

Messi JCh-2026da qatnashmasligi ehtimoli bor

Messi JCh-2026da qatnashmasligi ehtimoli bor

Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida maydonga tushmasligi mumkin. The Touchline xabariga ko'ra, 38 yoshli hujumchi mundialni o'tkazib yuborish variantini ham istisno qilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messining yakuniy qarori uning jismoniy holatiga bog'liq bo'ladi. U o'zini 100 foiz tayyor deb his qilmasa, hatto 1 foizlik pasayish bo'lsa ham, turnirga bormaslikni tanlashi mumkin.

Qayd etilishicha, Messi MLS darajasini jahon chempionatiga eng yuqori formada tayyorlanish uchun yetarlicha raqobatbardosh emas, deb hisoblaydi. Shu bois u bu omilni to'liq jismoniy tayyorgarlik bilan qoplash zarurligini yaxshi tushunadi.

JCh-2026da Argentina amaldagi chempion sifatida titulini himoya qiladi. Avvalgi mundial finalida “albiseleste” Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida mag'lub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi JCh-2026da qatnashmasligi ehtimoli bor