date

Pochettino Messi, Neymar va Mbappeni boshqarish oson emasligini aytdi

Pochettino Messi, Neymar va Mbappeni boshqarish oson emasligini aytdi

PSJning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Parijda yulduz futbolchilar bilan ishlash tajribasi haqida fikr bildirdi. Uning qo'l ostida hujum chizig'ida Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe uchligi birga to'p surgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pochettinoning ta'kidlashicha, bunday darajadagi futbolchilar bilan ishlash murakkab: ayrim paytlarda ular to'p surayotgan klubidan ham kattaroq shaxsga aylanadi. Mutaxassis Messi doimiy pressing qilishi kutilmasligini ham qayd etdi: uning aytishicha, Messi buni hech qachon odat qilmagan, hatto Gvardiola davridagi eng yaxshi yillarida ham. Shuning uchun natija bo'lmasa, ko'pincha ayb murabbiy zimmasiga yuklanadi.

Hozirda Maurisio Pochettino AQSH terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlamoqda. Shu bilan birga, argentinalik murabbiy yozda "Tottenhem"ga qaytishi mumkinligi haqida ham gap-so'zlar yuribdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pochettino Messi, Neymar va Mbappeni boshqarish oson emasligini aytdi