UEFA Barselonani jarimaga tortdi va sababini ochiqladi

Kataloniyaning «Barselona» klubi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida Pragning «Slaviya»siga qarshi o'yindan keyin moliyaviy jazoga tortildi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
UEFA «ko'k-anorranglilar»ni 30,5 ming yevroga jarimaga tortdi. Summaning bir qismi muxlislar tomonidan fayyerlar yoqilgani uchun, qolgan qismi esa jamoaning maydonga chiqishi kechikgani sababli belgilandi.
Eslatib o'tamiz, Hans-Diter Flik boshqaruvidagi «Barselona» UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finaliga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oldi. Kataloniyaliklar umumiy bosqichda 16 ochko jamg'arib, turnir jadvalida beshinchi o'rinda yakunladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing