date

Safonov Monakoga qarshi javob o'yini oldidan fikr bildirdi

Safonov Monakoga qarshi javob o'yini oldidan fikr bildirdi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov Yevropa Chempionlar ligasida «Monako»ga qarshi bo'ladigan bahs arafasida jamoa kayfiyati va o'yindan kutayotganlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Luis Enrike boshchiligidagi parijliklar ilk pley-off uchrashuvida 3:2 hisobida g'alaba qozonib, kichik ustunlikni qo'lga kiritgandi.

«Birinchi o'yindagi natija bizga ma'lum darajada erkinlik beradi, ammo hech narsani oldindan hal qilib qo'ymaydi. Shu sabab jangga tayyorlanyapmiz va bu uchrashuvga to'liq qurollangan holda chiqamiz», — deb yozdi Safonov o'zining Telegram kanalida.

Joriy mavsumda 26 yoshli posbon PSJ safida barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 10 ta gol o'tkazib yubordi. To'rtta o'yinda esa darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Safonov Monakoga qarshi javob o'yini oldidan fikr bildirdi