date

Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Safonovni maqtab gapirdi

Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Safonovni maqtab gapirdi

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Floran Sinama-Pongol Rossiya darvozaboni Matvey Safonovning «PSJ»dagi o'yinlarini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Veteran futbolchi Rossiya chempionatini muntazam kuzatmasligini aytdi, biroq Safonov hozir Fransiya va umuman Yevropada ko'z o'ngida ekanini ta'kidladi.

Uning so'zlariga ko'ra, rossiyalik futbolchilar Chempionlar ligasida munosib harakat qilmoqda va «PSJ» safidagi Safonov ham o'z vazifasini yaxshi bajaryapti.

2025/2026 yilgi mavsumda Safonov parijliklar tarkibida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol o'tkazib yubordi. Shuningdek, u o'z darvozasiga belgilangan 7 penaltining 5 tasini qaytardi.

Bugun, 25 fevral kuni Safonov 27 yoshga to'ldi. Klub uni tug'ilgan kuni bilan iliq tabrikladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Safonovni maqtab gapirdi