Safonov PSJning keyingi bosqichga chiqishini izohladi

Fransuzning PSJ jamoasi darvozaboni Matvey Safonov klubning Chempionlar ligasida navbatdagi bosqichga yo'l olganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Parijliklar avvalroq «Monako» bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi va ikki o'yin natijasiga ko'ra 5:4 hisobida ustun kelib, turnirning 1/8 finaliga chiqdi.
Safonov shaxsiy Telegram kanalida e'lon qilingan videoda tug'ilgan kuni Chempionlar ligasida maydonga tushishini hatto tasavvur ham qilmaganini aytdi. Darvozabon uchrashuv juda og'ir kechganini, ham ruhan, ham jismonan ancha charchaganini ta'kidladi va bugun Parijda bayram kayfiyati hukm surayotganini qo'shimcha qildi.
1/8 finalda PSJ «Chelsi» yoki «Barselona»dan biriga qarshi o'ynaydi. Qur'a tashlash marosimi ertaga, 27 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!