date

Mostovoy Safonov haqida xulosa qilish qiyinligini aytdi

Mostovoy Safonov haqida xulosa qilish qiyinligini aytdi

Rossiyalik sobiq futbolchi Aleksandr Mostovoy PSJ darvozaboni Matvey Safonovning Parijdagi faoliyati borasida fikr bildirdi. Uning ta'kidlashicha, Safonov berilayotgan imkoniyatdan foydalanishga harakat qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, Mostovoy darvozabon o'yiniga aniq baho berish oson emasligini qayd etdi. Sababi PSJ kabi kuchli jamoada raqiblar ba'zan butun uchrashuv davomida darvozaga atigi bir-ikki marta zarba yo'llaydi, boshqa klublarda esa darvozabon 20 martalab sinovdan o'tadi. Mostovoy so'zlariga ko'ra, har doim tanqid uchun bahona topish mumkin.

Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni PSJ Chempionlar ligasida o'z maydonida "Monako" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra parijliklar 5:4 hisobida ustun kelib, 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ushbu bosqichda PSJning ehtimoliy raqibi "Barselona" yoki "Chelsi" bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mostovoy Safonov haqida xulosa qilish qiyinligini aytdi