Mostovoy Safonov haqida PSJda xulosa qilish qiyin

Rossiyalik sobiq futbolchi Aleksandr Mostovoy PSJ darvozaboni Matvey Safonovning parijliklar safidagi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Safonov berilgan imkoniyatdan foydalanishga harakat qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, Mostovoy PSJning kuchli darajasi sabab darvozabon faoliyatini baholash mushkulligini ta'kidladi. «PSJda bir o'yinda darvozangga atigi ikki-uch marta zarba bo'lishi mumkin, boshqa jamoada esa 20 marta tepishadi. Shuning uchun xulosa chiqarish qiyin, baribir yopishadigan joy topiladi», — dedi u.
Chorshanba kuni PSJ Chempionlar ligasida o'z maydonida «Monako» bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. Ikki uchrashuv natijasiga ko'ra parijliklar 5:4 hisobida ustun kelib, 1/8 finalga yo'l oldi. Keyingi bosqichda PSJning raqibi «Barselona» yoki «Chelsi» bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!