Mostovoy Safonov haqida PSJda xulosa qilish qiyin dedi

Rossiyalik sobiq futbolchi Aleksandr Mostovoy PSJ darvozaboni Matvey Safonovning o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Safonov Parij klubida berilgan imkoniyatdan foydalanishga harakat qilmoqda, biroq jamoa darajasi juda yuqori bo‘lgani uchun darvozabon o‘yiniga aniq baho berish oson emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mostovoyning ta’kidlashicha, PSJ safida ayrim uchrashuvlarda darvoza tomon atigi bir-ikki marta zarba bo‘lishi mumkin, boshqa jamoalarda esa darvozabon bir o‘yinda 20 martagacha ishga tushadi. Shu sababli u xulosa chiqarish qiyinligini, istasa har doim nimagadir “ilashish” mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Chorshanba kuni PSJ Chempionlar ligasida o‘z maydonida “Monako” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra parijliklar 5:4 hisobida ustun kelib, 1/8 finalga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda PSJning raqibi “Barselona” yoki “Chelsi” bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!